Nemis tilidan birinchilikni olgan andijonlik qizning ota-onasiga Umra yo‘llanmasi berildi

Nemis tilidan birinchilikni olgan andijonlik qizning ota-onasiga Umra yo‘llanmasi berildi
Germaniyaning Gyottingen shahrida bo‘lib o‘tgan nemis tili bo‘yicha Butunjahon olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan andijonlik o‘quvchi qizning ota-onasiga Makka shahriga – Umra ziyorati uchun yo‘llanma berildi.
Bu haqda Toshknet shahridagi turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi firmalardan biri o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Rayyona Ibrohimovaning o‘ziga esa tashakkurnoma taqdim etilgan.
Firma ma’muriyati ushbu xatti-harakatini “yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shishni qasd qilgan va  farzandlarini bilimli, ma’rifatli bo‘lishida ertayu kech sabr va iroda bilan harakat qilgan ota-onani taqdirlash, rag‘batlantirish” , deya izohlaydi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-