Yer nazoratida hamkorlik muhim

Yer nazoratida hamkorlik muhim
Yer nazoratida hamkorlik muhim
Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yer munosabatlarini tartibga solish, yerga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida aholi vakillari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.  Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Yashnobod tumani “Yosh avlod” MFYda tashkil etildi.Unda boshqarmaning Yashnobod tumani bo‘limi boshlig‘i A.To‘lqinov, bo‘lim bosh inspektori O.Rustambekov tomonidan yer – strategik jihatdan eng muhim tabiiy resurslardan biri ekanligi, har bir qarich yerning hisobi borligi, qonunchilikda yerqonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan jismoniy va yuridik shaxslar uchun jazo muqarrarligi qat’iy belgilanganligi alohida ta’kidlandi.
Yerlardan maqsadli va samarali foydalanishda jamoatchilik nazoratining o‘rni muhimligi qayd etilib, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olishning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.Savol-javob tarzida o‘tgan uchrashuv davomida shuningdek, “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va unda aholiga yaratilgan imkoniyatlar haqida ham ma'lumot berildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-