Endi maktab o‘quvchilari ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi

Endi maktab o‘quvchilari ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:
umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining 10–11-sinflarida tajriba-sinov tariqasida o‘quvchilarning tanlovidan kelib chiqib “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yoki “Biznes va kasb-hunar” yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich tashkil etiladi (tayanch o‘quv reja asosida o‘qitish bilan bir qatorda);
Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning quyidagi tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:
5–9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

10–11-sinflarda xorijiy tilni o‘qitishda asosiy eʼtibor o‘quvchilarning akademik yozuv va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi;
“Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10–11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi;
xorijiy til yo‘nalishida pedagoglar tayyorlaydigan davlat oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga bir vaqtning o‘zida ham o‘qish, ham pedagogik faoliyatni amalga oshirish imkonini beruvchi moslashuvchan dars jadvali joriy qilinadi.
2024 yil 1 mayga qadar 11-sinfda ikkinchi xorijiy tilning kamida A2 darajada o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi xorijiy til fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar takomillashtiriladi. 
2024 yil yakuniga qadar umumiy o‘rta taʼlim muassasalariga xitoy, nemis, fransuz, koreys, ingliz va yapon tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb qilinadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-