OTMlarda yo'nalishlar soni 40 foizga qisqarishi mumkin
O‘zbekiston OTMlarida bakalavr yo‘nalishlari soni qisqartirilishi kutilmoqda. Bu haqda 5-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Prezident Oliy ta’lim vazirligiga bakalavr yo‘nalishlarini yiriklashtirish hisobiga ularning sonini 40 foizga qisqartirish, ushbu yo‘nalishlardagi ta’lim dasturlarini Top-300 ga kirgan oliygohlar dasturi asosida yangilashni topshirdi.
Yig‘ilishda 50 ming kollej-texnikum o‘quvchisini dual ta’lim bilan qamrab olishni tashkil qilish ham topshirildi. Bu ishlar, avvalo, to‘qimachilik, qurilish va qurilish materiallari, eltexsanoat, mashinasozlik yo‘nalishlarida boshlanadi.
Bundan buyon bilim va malakani baholash jarayonlari bosqichma-bosqich nodavlat tashkilotlarga o‘tkaziladi.
Aniq va fundamental fanlar bo‘yicha ilg‘or darsliklarni xorijiy tillardan bosqichma-bosqich tarjima qilish kerakligi ham ko‘rsatib o‘tildi.