Ayrim toifadagi shaxslarga o'qituvchilik qilish man etiladi
"Pedagogning maqomi to‘g‘risida" gi Qonun (O‘RQ–901-son, 01.02.2024 y.) Prezident tomonidan imzolangani haqida xabar berilgandi.
Qonunga ko‘ra, quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
- qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;
- qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
- pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lgan shaxslar;
- psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar.
Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.
Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.