“Kompromat ishi” yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi
“Kompromat ishi” yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi
Xurshid Daliyev — 3 yilga ommaviy axborot vositalarida ishlash hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarima va 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish;
Siyovush Hoshimov — 3 yilga ommaviy axborot vositalarida ishlash hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish;
Ahmadullo Ahmadjonov — 3 yil muddatga ozodlikni cheklash;
Mavjuda Mirzayeva — 3 yilga ommaviy axborot vositalarida ishlash hamda jurnalistika va blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.