18 yoshga to‘lgunicha o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun jazoni o‘taganlar sudlanmagan deb belgilanadi

18 yoshga to‘lgunicha o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun jazoni o‘taganlar sudlanmagan deb belgilanadi

18 yoshga to‘lgunicha o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun jazoni o‘taganlar sudlanmagan deb belgilanadi

25-sentabr kuni Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi oldidan Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda “Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yana-da liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
Qonun bilan o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, qonunda voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklashning hamda ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirilishi nazarda tutilmoqda.

Ushbu Qonun voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligini yana-da liberallashtirishga xizmat qiladi va o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsga hayotini sudlanganlik tamg‘asidan xoli tarzda davom ettirishi uchun sharoit yaratadi.

2021-yilda 1472 nafar voyaga yetmagan shaxs sudlangan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 2116 nafarga yetgan. O‘tgan 2022-yilda  ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar 389 ta, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar soni esa 510 tani tashkil qilgan.
Majlis kun tartibidagi masalalar yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-