O‘zbekistondan Rossiyaga borgan uzum va pomidor tarkibida zahar borligi aniqlandi

Rossiyaning Orenburg viloyatiga O‘zbekiston olib kelingan uzum va pomidor partiyasi tarkibida zaharli moddalar aniqlangani sababli to‘xtatib qolindi. Bu haqda Prooren.ru xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondan borgan uzum va pomidor mahsulotlari 28 sentyabr kuni Orenburg viloyatidagi «Uralkomplekt» omborida ushlab qolingan. Rosselxoznadzor mutaxassislari O‘zbekistondan olib kelingan 15,88 tonna yangi uzumni tekshirganida, mevalar tarkibida Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi hududida taqiqlangan zararkunanda borligi aniqlangan.

Shuningdek, 16, 4 tonna pomidor tekshirilganda esa uning tarkibidan Janubiy Amerika pomidor kuyasi (Tuta absoluta (Meyrick)) aniqlangan.
Mahsulotlar tarkibida zararli moddalar borligi «Don sifatini baholash markazi» Federal davlat byudjet muassasasining Orenburg filiali mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan laboratoriya tekshiruvi davomida aniqlangan.
Shundan so‘ng pomidor va uzum partiyalarini Orenburgga olib kirish taqiqlangan. Aybdorlar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-