Endilikda pedagoglar sudga shikoyat qilganda davlat boji to'lamaydi

Endilikda pedagoglar sudga shikoyat qilganda davlat boji to'lamaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Pedagogning maqomi to'g'risida”gi Qonunni (O'RQ–901-son, 01.02.2024 y.) imzoladi.
Qonun bilan “Davlat boji to'g'risida”gi qonunga ayrim qo'shimchalar kiritildi.
Pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o'z sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini himoya qilish bilan bog'liq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilinadi.
Shuningdek, pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g'ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Ma'muriy sudlarga shikoyat qilganda davlat bojini to'lashdan ozod qilinadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-