Sertifikati bor ona tili va adabiyot hamda tarix fani oʻqituvchilariga 50 foiz ustama toʻlash rejalashtirilmoqda

Sertifikati bor ona tili va adabiyot hamda tarix fani oʻqituvchilariga 50 foiz ustama toʻlash rejalashtirilmoqda
2024-yilgi davlat dasturi loyihasiga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoniga koʻra ushbu fanlar boʻyicha milliy sertifikatga ega oʻqituvchilarga 20 foiz ustama toʻlab kelinayotgan edi.

Quyida 2024-yilning birinchi yarmida oʻtkaziladigan milliy sertifikatlar imtihonlari muddatlari koʻrsatgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-