1-maydan pensiya va nafaqaning eng kam miqdorlari oshiriladi

1-maydan pensiya va nafaqaning eng kam miqdorlari oshiriladi
O‘zbekistonda 1-maydan boshlab ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiya va boquvchisini yo‘qotgan oilaning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz a’zosi uchun pensiya miqdori 4,3 foizga oshiriladi. Bu miqdor minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichi (kambag‘allik chegarasi) darajasiga yetkazildi.

O‘zbekistonda 1-maydan boshlab pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori oshiriladi. Bu haqdagi qarorni Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni imzoladi, deb xabar qildi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, 1-fevralda pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorlari oshirilgan edi, ammo 30-aprelda mamlakatda kambag‘allik chegarasini aniqlash uchun foydalaniladigan minimal iste’mol xarajatlari (MIX) ham 4,3 foizga oshirildi — oyiga 621 ming so‘mdan 648 ming so‘mgacha. Ya’ni garchi Konstitutsiyaga ko‘ra, pensiyalar, nafaqalar va qonun bilan belgilangan boshqa turdagi ijtimoiy yordamlar miqdori rasman belgilangan MIXdan past bo‘lishi mumkin bo‘lmasa-da, bu ko‘rsatkich pensiya va nafaqalar miqdoridan yuqori bo‘lib chiqdi.
Shu munosabat bilan pensiya va nafaqalar kambag‘allik chegarasigacha oshirildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-