Ayrim turdagi nafaqa miqdorlari oshirildi

Ayrim turdagi nafaqa miqdorlari oshirildi
Prezident Farmoni (PF-24-son, 31.01.2024 y) bilan ayrim hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Farmonga koʻra, 2024-yil 1-fevraldan quyidagi nafaqalar miqdori 621 ming soʻm etib belgilandi:

- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa fuqarolarga nafaqa;
- ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda;
- oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;
- boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa (keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun — 212 000 soʻm);
- boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.
Mazkur miqdorlar rasmiy eng kam isteʼmol xarajatlaridan kelib chiqib belgilangan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-