O‘zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash tizimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Hukumat qarori bilan shu yilning dekabr oyidan boshlab bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangan oilalarning iqtisodiy holati har oy avtomatik ravishda monitoring qilinadi. Agar oila iqtisodiy holati yaxshilansa, nafaqa to‘lovi to‘xtatiladi.
2024-yil apreldan fuqarolar onlayn shaklda bolalar nafaqasi va moddiy yordamga ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi.
Qarorga ko‘ra, 2023-yil 16-noyabrdan mehnat organlariga murojaat qilgani sababli rasmiy bandlik talab etilmasdan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan oila aʼzosi 3 oy davomida kasbga tayyorlash, malaka oshirish, qayta tayyorlash o‘quv kurslarida o‘qimasa, ijtimoiy to‘lov to‘xtatiladi.
Shuningdek, u ish izlovchi yoki ishsiz sifatida ro‘yxatga olinmasa, ishga joylashmasa, yakka tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatiga kirmasa yoki ishga doir takliflarni muntazam (2 va undan ko‘p) rad qilgan bo‘lsa, keyingi oydan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to‘lovi to‘xtatiladi.
Qaror bilan ishlab chiqarilgan muddati 12 yildan oshmagan yengil avtotransport vositasi mavjud oilalarga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash rad etiladi. Bunda, oilada I yoki II guruh va 18 yoshgacha bolalikdan nogiron bo‘lsa ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshgan oilaga nafaqa tayinlashni rad etmaslik tartibi saqlab qolinadi.