Deputat Toshkent shahrida avtobuslarni tekin qilish taklifni bermoqda
Parlament Quyi palatasi deputati Doniyor Gʻaniyev taklif bilan chiqdi.
Uning taklifiga ko‘ra, avtobuslarni hammaga bepul qilish mumkin. Bu byudjetga qo‘shimcha 300 mlrd so‘mga tushishi mumkin. Ammo buni qoplashning ham o‘z manbasi bor.
«Hozirgi hisob-kitobda shahar hokimiyatiga yiliga qo‘shimcha 300 mlrd so‘mga tusharkan. Bu pullarni shahar markaziy qismiga kiradigan moshinalarga kunlik soliq solish orqali qoplasa bo‘ladi», – deydi deputat.
Gʻaniyevning hisob-kitoblariga ko‘ra, masalan, poytaxt markazida harakatlanuvchi avtomobillarga bir kun uchun 1 AQSH dollari miqdorida soliq solinsa va agar shahardagi bir kunlik 500 mingta mashinadan 20 foizi, ya’ni 100 mingi shahar markazida harakatlanadi deb olinsa, kuniga 100 ming AQSH dollarni tashkil qiladi.
«Bu odamlarda avtobusdan ko‘proq foydalanishga, moshinadan kamroq foydalanishga rag‘bat bo‘ladi. «Probka»lar kamayadi, yo‘l harakati sal tartibga keladi», – deb yozadi deputat.
U, shu bilan birga, bu taklifi ishlashi uchun birinchi navbatda transport xizmati faoliyati, hisob-kitobi to‘liq ochiq va shaffof bo‘lishi lozimligini, qo‘shimcha samarasizlik va o‘g‘rilikka yetaklamasligi kerakligini ta’kidlaydi.
Operasion xarajatlarni qisqartirish hisobiga haydovchilar oyligini oshirishga ham imkon bo‘lishini urg‘ulaydi.