Jizzaxda bir gektar yerdan 150 tonna piyoz hosili olindi
Jizzax viloyati Zomin tumanida bir gektar yerdan 150 tonna piyoz hosili olindi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda dunyoda 4,5 million gektar maydonga piyoz ekilishi natijasida 92,1 million tonna mahsulot yetishtirilmoqda. O‘rtacha hosildorlik esa, gektaridan 19,3 tonnani tashkil etmoqda. Dunyo miqyosida piyoz yetishtirish bo‘yicha Xitoy, Hindiston, AQSH, Eron davlatlari yetakchi o‘rinni egallaydi.
O‘zbekistonda ham piyozning yangi serhosil va turli muddatlarda yetishtirishga mos navlarini yaratish, urug‘idan, ko‘chatidan hamda no‘shidan yetishtirishda takomillashgan texnologiyalarni, xususan, suv tejovchi texnologiyalar — tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish tizimini qo‘llash orqali hozirgi kunda bir qator fermerlar piyozdan yaxshi hosil olmoqda.
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Chorvador QFY hududidagi “Jilg‘alisoy shabadasi” fermer xo‘jaligi rahbari Baxtiyor Mirzayev joriy yilda tik quduq qazib, o‘z dalalariga tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish natijasida, fermer xo‘jaligi dalalarida o‘zi yetishtirgan mahalliy piyoz urug‘larini ekib, rekord darajada piyoz yetishtirishga erishdi. Hosil har gektar maydondan 150 tonnani tashkil etib, bu borada yangi rekord o‘rnatildi.