O'zbek ayoli Yeryong'oqning yangi "Lider" navini yaratdi
Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Maxfirat Amanova ham 17 yil davomida yeryong‘oqning yangi turini yaratish ustida bir qator ilmiy izlanishlar olib bordi.
Izlanishlar samarasi o‘laroq, olima yeryong‘oqning dunyo bozori va mahalliy dehqon fermer xo‘jaliklarining talablarini qondira oladigan ertapishar, serhosil, yirik qizil urug‘li, urug‘i tarkibida moy va oqsil miqdori yuqori bo‘lgan "Lider” navini yaratishga va Davlat Reestriga kiritilishiga muvaffaq bo‘ldi.
"Lider" navli yeryong‘oq Amerika, Hindiston va Xitoy navlari bilan to‘liq raqobatlasha oladi. Qolaversa, ushbu nav hosildorligi 6,5 tonnani tashkil etishi ahamiyatlidir.