Habib Nurmagomedov "PSJ"ning MMA loyihasini boshqarishi mumkin

Habib Nurmagomedov "PSJ"ning MMA loyihasini boshqarishi mumkin

Sobiq UFC chempioni, taniqli rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” futbol klubi yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan MMA loyihasi rahbari bo‘lishi mumkin.
Le Parisien nashrining yozishicha, allaqachon futbol va gandbol jamoalarini boshqarib kelayotgan PSJ sport olamidagi faoliyatini kengaytirishni davom ettirmoqchi.  
MMAda yangi tuzilma yaratish masalasi PSJda dzyudo bo'limiga mas'ul Jamel Bouras tomonidan ko'rib chiqilmoqda.
Habib Nurmagomedovning loyihada ishtirok etishi mumkinligini rossiyalikning klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan bevosita muloqot qilgani tasdiqlaydi.
Nurmagomedov 2020-yil oktabr oyida professional faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan edi.  U aralash yakkakurashlarda 29 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-