Habib Nurmagomedov sport olamidan ketdimi?

Yengil vazn toifasida Ultimate Fighting Championship (UFC) promousheni sobiq chempioni Habib Nurmagomedov aralash jang san’ati (MMA) sportidagi faoliyatiga yakun yasadi.
Qayd etish mumkin, Nurmagomedov 34 yoshda va 2020-yilning oktyabrida UFC’dagi faoliyatini yakunlagan. U karyerasi davomida 29 jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. So‘nggi chempionlik jangi otasining vafotidan so‘ng o‘tkazilgan va unda Habib ikkinchi raunddayoq amerikalik Jastin Getjini mag‘lub etgan va jangdan so‘ng faoliyati yakunlanganini ma’lum qilgan edi. U ushbu qarorini onasiga bergan va’dasi tufayli ekanligini aytgan edi.
Bundan tashqari, o'tgan yilda Habib murabbiylik ham qildi.
Ta'kidlash kerakki, yangilik rasman tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, sportchi o‘z fan-klubi tomonidan e’lon qilingan xabarni o‘z sahifasida “repost” qilganini ko'rish mumkin.