Toshkentda 30-iyun kuni yoshlar avtobusda bepul yurishi mumkin

Toshkentda 30-iyun kuni yoshlar avtobusda bepul yurishi mumkin
Toshkentda 30-iyun kuni yoshlar avtobusda bepul yurishi mumkin

Toshkentda 30-iyun kuni avtobuslar yoshlarga bepul xizmat ko‘rsatadi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Yoshlar kuni munosabati bilan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar avtobuslardan bepul foydalanishi va shahardagi ushbu sanaga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etishi mumkin.
“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, 30-iyunda yoshlar avtobuslardan bepul foydalanishi mumkinligi haqida 1-iyundagi hukumat majlisi bayonotida ko‘zda tutilgan. Bunda yo‘lovchilarning yoshi qanday aniqlanishiga oydinlik kiritilmagan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-