Yurtimizda 1-apreldan chiqindi xizmatlari narxiga QQS hisoblanadi

Yurtimizda 1-apreldan chiqindi xizmatlari narxiga QQS hisoblanadi
Yurtimizda 1-apreldan boshlab chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinishi bekor qilinadi. Bu haqda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, bu soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur tartib joriy etilishiga mas’ul bo‘lgan soliq organining tushuntirishiga ko‘ra, endi xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan ko‘rsatiladigan sanitar tozalash xizmatlari qiymatiga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi. Mazkur o‘zgartirish aholi va tadbirkorlar uchun ham amal qiladi.
Ya’ni masalan, amaldagi xizmat qiymati 4000 so‘mni tashkil etsa, ushbu qiymatga nisbatan 1-apreldan boshlab 12 foiz miqdorda QQS hisoblanganda, jami xizmat qiymati 4480 so‘mni tashkil etadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-