O‘zbekistonda ipoteka kreditlariga daromad solig‘i imtiyozi qanday va qancha summaga qo‘llaniladi?

O‘zbekistonda ipoteka kreditlariga daromad solig‘i imtiyozi qanday va qancha summaga qo‘llaniladi?
Daromad solig‘i imtiyozi faqat yosh oila uchun va subsidiya asosida berilgan ipoteka kreditlariga qo‘llaniladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan imtiyozlar:
Davlat budjetidan ajratilgan subsidiya asosida olingan ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarga yo‘naltirilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 80 baravarigacha bo‘lgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari;
Yosh oila uchun ajratilgan ipoteka krediti yoki unga hisoblangan foizlarni qoplashga yo‘naltirilgan mablag‘lar er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh) ga to‘lguniga qadar JSHODSdan ozod etilgan.
Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga olingan ko‘chmas mulk 36 oy ichida boshqa shaxs nomiga o‘tkazilsa, soliq imtiyozi qo‘llanilgan butun davr uchun soliq to‘lash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-