Bir dona terak kesgan fuqaro 1 700 000 soʼm jarima toʼlaydigan boʼldi

Bir dona terak kesgan fuqaro 1 700 000 soʼm jarima toʼlaydigan boʼldi
Sirdaryo viloyati Ekologiya,atrof muhitni muhofaza qilish va iqlimi oʻzgarishi boshqarmasining Shirin shahar inspeksiyasi inspektorlari hamda prokuratura xodimlari hamkorligida shahar hududida reyd tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbir davomida “A. Temur” MFY hududida fuqaro tomonidan bir dona terak daraxtini hech qanday ruxsatsiz kesganligi holati aniqlandi.
Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatiga ko'ra, holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 700 000 so'm jarima qoʻllanildi va tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 2 550 000 soʻm etib belgilangan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-