Bog‘cha xodimlari oylik maoshidan 1 foiz ijtimoiy soliq to‘laydi

Bog‘cha xodimlari oylik maoshidan 1 foiz ijtimoiy soliq to‘laydi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yil 1 yanvardan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etildi. Bunda 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. Stajyor-o‘qituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy ma’lumotli (toifasiz) o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo‘llaniladi.
Bu haqda mavjud qonunchilikda tegishli vazifalar belgilab berilgan.
Qayd etilishicha, 2030 yil 1 yanvarga qadar maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning (vazirlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalaridan tashqari) byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.  
Shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilingan (boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning farzandlari) tarbiyalanuvchilarning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari to‘liq davlat byudjetidan qoplab beriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-