Buxoroda saksovul butalarini sindirgan fuqaro 22 440 000 so’m jarimaga tortildi

Buxoroda saksovul butalarini sindirgan fuqaro 22 440 000 so’m jarimaga tortildi
Viloyatning Shofirkon  tumani Ekologiya bo’limi  inspektorlari tomonidan cho’l hududlarida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. 
Tadbir davomida Shofirkon tumani bo’limi inspektorlari hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tuman G’alaba cho’l
massividan fuqaro X.S. tabiiy holatda o'sgan saksovul o'simliklarini noqonuniy tarzda sindirib, olib ketayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan 20 790 000 so’m tabiatga yetkazilgan zarar hamda 1 650 000 so’m jarima hisoblanib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-