Nurafshonda jurnalistlarni jamlagan mediaforum bo‘lib o‘tmoqda

Nurafshonda jurnalistlarni jamlagan mediaforum bo‘lib o‘tmoqda
Nurafshon shahrida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida  “Ommaviy axborot vositalarida milliy kontent yaratish mas’uliyati” mavzusida respublika mediaforumi o‘tkazilmoqda.
“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tashkil etilgan mazkur anjumanda davlat va nodavlat markaziy ommaviy axborot vositalari vakillari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan 70 nafardan ortiq  jurnalist va blogerlar, media soha uchun kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.Mediaforum ishtirokchilari  Toshkent viloyati hokimligida bo‘lib, hokimlik faoliyati va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.Keyingi manzil – viloyat “Yoshlar markazi” bo‘ldi. Mazkur markazda  bir yarim ming nusxada chop etilayotgan “Yoshlar kundaligi” jurnalining aynan bizning mavzumizga mos – milliy kontentda yaratilayotgani tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-