Jondor tumanida yangi poliklinika foydalanishga topshirildi

Jondor tumanida yangi poliklinika foydalanishga topshirildi

Jondor tumanida yangi poliklinika foydalanishga topshirildi 


Jondor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 16-son oilaviy poliklinikasining yangidan bunyod etilgan binosi foydalanishga topshirildi.  Tantanali tadbirda tuman hokimligi mas’ullari, birlashma mutasaddilari, jamoatchilik vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.
“Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan yangi binoda UZD, labaratoriya, emlash, EKG, fizioterapiya, stomatologiya, akusher-ginekolog, kunduzgi shifoxona, qaydxona, patronaj xamshira, UASh va boshqa tor soha xonalaridan tashkil topgan. Qisqa aytganda bino xalqaro standartlarga to‘la mos keladigan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tibbiyot jihozlari bilan ta’minlangan. Binoda ichki dorixona faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan. Binoning qurilish ishlariga 2 milliard 800 million so‘m mablag‘ sarflangan bo‘lib, 141 mln so‘mlik mebel hamda  350 mln so‘mlik tibbiyot uskunalari xarid qilingan. Mazkur poliklinika "Tobagar", "Nurafshon", "Og‘ar" va "Chorzona" mahallalari hududidagi 11 ming 675 ta oilaga xizmat ko‘rsatadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-