Maktab o’qituvchisi yaratgan mashina prototipini vazirlik 63 mln so’mga moliyalashtirdi

Maktab o’qituvchisi yaratgan mashina prototipini vazirlik 63 mln so’mga moliyalashtirdi
Chust tumanidagi 11-umumta’lim maktabi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Shuhrat Rahmonov avtomobil prototiplarini yaratish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
U 4 yildan buyon 5 ta prototip yasagan. 2022-2023-yillar xalqaro ko’rgazmada qatnashgan.
Uning Toshkentda namoyish etilgan Baggi sport avtomobili Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 63 million so‘m miqdorida moliyalashtirildi.
Shuningdek, u murakkab yo‘l sharoitlariga moslashtirilgan Peredator avtomobilini ishlab chiqdi. Mazkur model mahalliy ehtiyot qismlardan yig‘ilgan bo‘lib, Damas dvigateli va VAZ-2106 uzatmalar qutisidan foydalanilgan. 
Hozirgi kunda Lamborghini Countach 500 modelini tashqi ko’rinishini o’zgartirilgan variantini ishlab chiqqan.  Ushbu prototip detallari qo’l mehnatida 2 yil davomida tayyorlangan.

Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-