Madaniyat vazirligi 8 mlrd so‘mga xarid qilgan maxsus avtomobilini  namoyish etdi

Madaniyat vazirligi 8 mlrd so‘mga xarid qilgan maxsus avtomobilini  namoyish etdi
Madaniyat vazirligi 8 mlrd so‘mga xarid qilgan maxsus avtomobilini  namoyish etdi

Madaniyat vazirligi salkam 16 milliard so‘mga 2 ta maxsus avtomobil xarid qilgan edi. Vazirlik xarid qilgan mazkur avtomobillar namoyish etildi. 
Ta'kidlanishicha, ushbu avtomobil Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. Prezidentning “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 2-fevraldagi qaroriga asosan 2022-yil uchun kalendar rejada belgilangan tadbirlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida 2022-yil 1-iyunga qadar “Madaniyat karvoni” uchun mo‘ljallangan, tegishli musiqa texnikasi va sahnaga ega 2 dona maxsus avtotransport vositasini xarid qilish vazifasi belgilangan.
Mazkur qarordan kelib chiqqan holda xarid qilinadigan “Madaniyat karvoni” uchun mo‘ljallangan, tegishli musiqa texnikasi va sahnaga ega maxsus avtotransport (transformer) vositasining texnik parametrlari mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda ishlab chiqilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-