Qoraqalpog'istondagi tumanda issiq tufayli bog'chalar yopildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumani hokimining qarori bilan tuman hududidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
Bunga 16–18 iyul kunlari ob-havo +40 darajadan yuqori bo‘lishi sabab sifatida keltirilmoqda.
Bundan oldinroq “O‘zgidromet” joriy yilning 17-19 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotgani haqida ogohlantirgandi.
17 iyulda respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 18–20 iyul kunlarida hududning katta qismida havo harorati +40...+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +44...+45 darajagacha ko‘tariladi.