Buxoro davlat universitetida 2025-2026 o‘quv yili qabuli hamda alohida iqtidor talab etadigan sport ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy- ijodiy imtihonlarni o‘tkazish” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi
Matbuot anjumanida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori R.Gʻ.Jumayev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Yavmutov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A.T. Jo‘rayev, Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori O‘.U. Rashidov, bo‘lim boshliqlari, universitet Axborot xizmati bo‘limi boshlig‘i Otabek Jalolov, bir qator jurnalist va blogerlar ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida Buxoro davlat universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori R.Gʻ.Jumayev so‘zga chiqib, matbuot anjumanini ochib berdi. Universitet O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori R.Gʻ.Jumayev tomonidan 2025-2026 o‘quv yili qabuli hamda alohida iqtidor talab etadigan sport ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy ijodiy imtihonlarni o‘tkazish, BuxDUda amalga oshirilayotgan ishlar, oliygohning ilmiy salohiyati, kafedralar faoliyati, olinayotgan natijalar hamda kelgusidagi vazifalar haqida umumiy ma’lumot berildi.
Matbuot anjumani so‘ngida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi hamda Buxoro davlat universiteti o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolashdi.