SSVdan jaziramada himoyalanish uchun muhim tavsiyalar berdi
Ayni kunlarda O‘zbekistonning katta qismida havo harorati +40 daraja va undan yuqori bo‘lib, bunday jazirama faqat noqulaylik emas, balki inson salomatligi uchun jiddiy xavf hamdir.
Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari ma’lum qilishicha, bu kabi yuqori haroratlar organizmning termoregulyasiya tizimiga kuchli bosim o‘tkazadi. Natijada, surunkali kasalliklar avj olishi, issiqlik bilan bog‘liq holatlar — jumladan, umumiy holsizlanish, oftob urishi va boshqa salomatlik muammolari yuzaga kelishi mumkin.
🔹 SSV tavsiya qiladi:
1. Boshni quyoshdan asrang.
Bosh sohasidan o‘tadigan muhim qon tomirlari issiqqa sezuvchan bo‘lgani sababli, ochiq quyoshda bosh kiyimsiz yurish “oftob urishi”ga olib kelishi mumkin. Bu holat tananing qizishi, hushdan ketish, qayt qilish va boshqa jiddiy belgilari bilan namoyon bo‘ladi.
2. Ko‘p miqdorda oddiy suv iching.
Organizmda suv-tuz balansi buzilmasligi uchun oddiy ichimlik suvi iste’mol qilinishi kerak. Gazlangan, shirin va nektar turdagi ichimliklar aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
3. Yumshoq va yengil taomlar tanovul qiling.
Issiq kunlarda og‘ir va yog‘li taomlardan voz kechib, yengil hazm bo‘luvchi sabzavot va mevalarga asoslangan ovqatlar tavsiya etiladi.
4. Tush payti quyoshda yurmaslik kerak.
Soat 12:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida quyosh nurlari eng faol bo‘ladi. Shu sababli, imkoni boricha ko‘chada yurishdan saqlanish lozim.