Fitosanitar sertifikati bo‘lmagan mahsulotlar Respublikasimizga kirib kelishining oldi olindi

Fitosanitar sertifikati bo‘lmagan mahsulotlar Respublikasimizga kirib kelishining oldi olindi
Bugungi kunda dunyo bo‘ylab 305 mingdan ortiq karantindagi zararli organizmlar mavjud bo‘lib, ularni yurtimiz hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish dolzarb masala. Shu boisdan chegara maskanlariga biriktirilgan inspektor va kinolog xodimlarining bu boradagi ahamiyati yuqori. Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyosi boshqarmasiga qarashli chegara maskanlarida mamlakatimizga xorijdan kirib kelayotgan va chet davlatlariga chiqib ketayotgan karantin osti yuklarini nazorat qilishda, zararli organizmlarni aniqlashda, kinologlar va ularga biriktirilgan maxsus tayyorlov itlari hamda tashqi karantin inspektorlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.  Qayd etish kerakki, kuni kecha Toshkent xalqaro aeraporti chegara maskani orqali Hindiston davlatidan uchib kelayotgan fuqaroning qo‘l yuklari va bagajlari karantin nazoratidan o‘tkazilganda fitosanitar sertifikati bo‘lmagan 13,3 kilogramm sholi urug‘i, Misr davlatidan 72 kilogramm qizilmiyya ildizi, Xitoy davlatidan 15 kilogramm Sichuan borligi aniqlanib, to‘xtatib qolindi va tegishli mutasaddilar tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, mahsulotlar eksportyor davlatgan qaytarilib yubogrildi. Hamda ma’lum bir qismi yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Bu bo‘yicha yefito.uz sayitiga xabarnoma jo‘ynatildi.    Eslatib o‘tamiz, “O‘simliklar karantini to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ko‘ra yurtimiz hududiga olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan va tranzit tarzida olib o‘tilayotgan karantin ostidagi mahsulot o‘simliklar karantini obyektlaridan xoli bo‘lishi hamda uning har bir turkumi fitosanitariya sertifikatlarining asl nusxalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-