“Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” dasturi qanday maqsad va vazifalarni qamrab olgan?

“Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” dasturi qanday maqsad va vazifalarni qamrab olgan?
“Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” dasturi qanday maqsad va vazifalarni qamrab olgan?
Yurtimizda amalga oshirilayotgan tibbiyot islohotlari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Buni butun mamlakatimiz bo‘ylab davom ettirilayotgan “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” dasturi ijrosi doirasidagi sa’y-harakatlar misolida ham ko‘rish mumkin.
❓ Xo‘sh, ushbu dastur qanday maqsad va vazifalarni qamrab olgan?
 Birinchi maqsad — tibbiyot muassasalarida harakatlanish uchun qulay sharoit yaratish. Uning doirasida quyidagi ishlar ro‘yobga chiqarilishi rejalashtirilgan:
✅ Xonalar, yo‘laklar va ko‘p foydalaniladigan bino qismlari yorug‘lik tizimi bilan uzluksiz ta’minlanadi.
✅ Yaroqsiz va nosoz yoritish qurilmalari ta’mirdan chiqariladi.
✅ Muassasaning devorlari yorqin ranglarga bo‘yaladi.
✅ Yo‘laklarda yo‘naltiruvchi belgilar o‘rnatiladi.
✅ Mutaxasssislar hamda tashxislash va davolash xonalari aholining marshrutiga moslab joylashtiriladi.
 Ikkinchi maqsad — aholi uchun qulay ro‘yxatxona va kutish zallarini tashkil etish. Unda ushbu ishlar bajariladi:
 Tibbiyot xodimi va fuqaro o‘rtasidagi muloqot qulay (o‘tirgan holda) bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi.
 Ro‘yxatxona xodimi va aholi o‘rtasida to‘siqlarsiz, yuzma-yuz muloqot yo‘lga qo‘yiladi. Shu maqsadda stol va o‘rindiqlar o‘rnatiladi.
 Ro‘yxatxonalarda murojaatchilar uchun o‘rindiq bilan ta’minlangan kutish zallari barpo qilinadi.
 Nogiron va homiladorlar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqlarga maxsus belgilar o‘rnatiladi.
Uchinchi maqsad — tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash. Buning uchun qator chora-tadbirlar bajariladi:
 Stasionar yotoq o‘rinlari shoshilinch hollarda foydalaniladigan chaqiruv tugmalariga ega bo‘ladi.
 Tez tibbiy yordam avtomashinalari zambillari xavfsizlik kamarlari bilan ta’minlanadi.
 Shifokor qabuliga onlayn yozilish tizimi joriy etilib, muqobil (alternativ) onlayn qabulga yozilish imkoni yaratiladi.
 Har bir tibbiyot muassasasida ma’lumot olish uchun stasionar telefonlar ham tashkil etiladi.
 Shifokor ko‘rigi xonalari hamda yotoq o‘rinlari orasiga to‘siqlar o‘rnatiladi.
 To‘rtinchi maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun bir qator qulayliklar yaratiladi:
✅ Binolar nogironlar hamda harakati cheklangan shaxslar uchun maxsus moslamalar bilan jihozlanadi.
✅ Binoga kirish joylarida panduslar o‘rnatiladi.
✅ Eshik ostonalari pol balandligi bilan bir tekislikda bo‘ladi.
✅ Onalar uchun yumshoq qoplamali o‘rindiq hamda yo‘rgaklash uchun stol bilan jihozlangan “Ona va bola” xonalari tashkil etiladi. Bu xonalar ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
✅ Gigiyenik vositalar (sovun va qog‘oz sochiqlar) bilan uzluksiz ta’minlab boriladi.
✅ Chiqindilar uchun maxsus qutilar o‘rnatiladi.
 Beshinchi maqsad — shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha zarur choralar ko‘rish:
 Hojatxonalar binolar ichida tashkil etiladi. Ular muntazam holda gigiyenik vositalar (sovun, qog‘oz sochiq va boshqalar) ta’minlab turiladi.
 Hojatxonalarda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moslamalar o‘rnatiladi.
 Pol oson tozalanuvchi sanitariya talablariga mos qoplamalar bilan qoplanadi.
 Oltinchi maqsad — xodimlar axloqiy me’yorlari va kasbiy etikasini rivojlantirish:
✅ Tibbiyot xodimlariga lavozim kompetensiyalarini qulay va sodda (yo‘riqnoma, algoritm) shaklda tayyorlab berish va ulardan doimiy tarzda foydalanilishini ta’minlash choralari ko‘riladi.
✅ Etika, deontologiya va empatiya (o‘zini bemorning o‘rniga qo‘yib ko‘rish) bo‘yicha ma’ruzalar muntazam ravishda o‘tkazilib boriladi.
✅ Xodimlarni muassasaning ichki tartib-qoidalari hamda bemorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri taqdim qilishga o‘rgatish bo‘yicha muayyan ishlar bajariladi.
Shuningdek, “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar vaqti” dasturida bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlar ham ko‘zda tutilgan. Tibbiyot xodimlari ish samaradorligini oshirish, o‘z funksiyasini yo‘qotgan, keraksiz, byurokratik jarayonlarni aniqlash, tibbiyot xodimlari va aholini maqsadsiz vaqt yo‘qotishiga olib keladigan byurokratik tartib-qoidalarni qisqartirish va boshqalar shular jumlasidandir.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-