“Bek Bags Biznes” – tumanimizda ayollar bandligini ta’minlayotgan ishonchli korxona!
“Bek Bags Biznes” tomonidan 2018–2025 yillarda bosqichma-bosqich umumiy qiymati 1 mln. dollardan ziyod bo‘lgan sumkalar ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Korxona yurtimizda zamonaviy va sifatli sumkalar ishlab chiqarishni kengaytirib, ichki bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lib ulgurgan.

Hozirgi kunda korxonada yiliga 150 ming dona tayyor sumkalar ishlab chiqarilmoqda. Bu orqali nafaqat mahalliy ishlab chiqarish salohiyati oshmoqda, balki tashqi bozorlar uchun ham sifatli mahsulot yetkazib berilyapti.
Eng muhimi, bu yerda 100 nafarga yaqin xotin-qizlar va yoshlar ish bilan ta’minlangan. Korxona har bir ishchiga munosib shart-sharoit va daromad manbai yaratib, ularning oilasi va kelajagiga ishonch bag‘ishlamoqda.