Buxoro viloyati soliq boshqarmasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Buxoro viloyati soliq boshqarmasida “Soliq ma’murchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning Buxoro viloyati soliq organlari faoliyatidagi natijalari”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.Unda jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanida boshqarma boshlig‘i Dilshod Yuldashev Prezidentimiz boshchiligida barcha sohalar kabi soliq ma’murchiligida ham keng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali soliq organlarining faoliyati samaradorligi va soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda soliq tizimida inson omilisiz ya’ni dasturlarni o‘zi soliq to‘lovchilarning faoliyatini tahlil qilgan holda tadbirkorlarni “Barqarorlik reytingi” doirasida toifalarga bo‘ladi.
“Barqarorlik reytingi”ni aniqlash uchun tadbirkorlik sub’yektlari haqidagi mavjud ma’lumotlar doimiy ravishda avtomatlashtirilgan tizim orqali tahlil qilinadi hamda ular faoliyati belgilangan mezonlarning har biri bo‘yicha reyting tizimi asosida baholab boriladi. 
Bir so‘z bilan aytganda, barqarorlik reytingi bu tadbirkorlarning to‘g‘ri va halol faoliyat yuritib, o‘zi uchun o‘zi imkoniyat eshiklarini ochishi, ko‘plab soliq imtiyozlaridan foydalanib, rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Zero, qonuniy faoliyat yuritgan tadbirkor doimo qonun va davlat himoyasidadir. 
Xuddi shunday soliq to‘lovchilarning soliq qonunchiligiga amal qilishi va soliqqa oid huquqbuzarliklar zamonaviy texnologiyalar asosida tahlil qilinadi va soliq xavfi darajasiga qarab past, o‘rta va yuqori xavfli toifalarga ajratadi.
Soliq xavfi darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq auditi tayinlanadi. Soliq xavfi darajasi o‘rta va past bo‘lgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq organlari tomonidan Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa soliq ma’murchiligi tadbirlari qo‘llaniladi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i soliq ma’murchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning Buxoro viloyati soliq organlari faoliyatidagi natijalariga alohida to‘xtaldi.
Tadbir so‘nggida jurnalistlar va blogerlarning mavzuga oid savollariga atroflicha javob berib o‘tildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-