Taraqqiyot — birlashgan xalqning yutug‘i
Tadbirkorlik, farovonlik va birdamlik – zamonaviy G‘ijduvon qiyofasi
“Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan ulug‘vor fikrni amalda ko‘rsatadigan hududlardan biri bu — Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani. So‘nggi yillarda tuman hayotida ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlar xalqimiz birligi va irodasining yorqin namunasidir.
Ayniqsa, tadbirkorlik sohasidagi yuksalish tahsinga loyiq. 2022–2024 yillar davomida tumanda 300 dan ortiq yangi tadbirkorlik sub’yektlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, bu orqali minglab ish o‘rinlari yaratilgan.
Ayniqsa, hunarmandchilik, oziq-ovqat sanoati va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. G‘ijduvonliklar qadimdan mehnatkash, halol kasb bilan rizq topadigan xalq sanaladi. Bugungi kunda ularning ana shu qadriyatlari zamonaviy imkoniyatlar bilan uyg‘unlashmoqda.
Masalan, “Har bir mahallaga bir tadbirkor, bir hunarmand ” tashabbusi asosida tumandagi 60 dan ortiq mahallada kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, bundan tashqari kichik sanoat zonalari ham aholi bandligini ta’minlashda xizmat qilmoqda.
Tumanda nafaqat tadbirkorlik, hunarmandchilik, xalq farovonligi, balki aholing madaniy hordiq chiqarishi uchun ham ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Yoshlar sayilgohining va yangi madaniyat uyining bunyod etilgani, mavjud istirohat bog'ining qayta rekonstruksiya qilingani, sport inshootlari esa aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilishga xizmat qilayotganini alohida ta'kidlab o'tish joiz.
Shu bilan bir qatorda tumanda tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish maqsadida chekka hududlarda oilaviy poliklinikaqalar qayta ta'mirlanib, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan to'liq jihozlandi.
Avval poytaxtda yoki yoki viloyat markazida o'tkazilgan yuqori texnologik operatsiyalarning 24 turi bugun tumanning o'zida, tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlari tomonidan o'tkazilmoqda. Bu muvaffaqiyatlar zamirida yagona maqsad yo‘lida birlashgan xalq irodasi, mehr-oqibatga asoslangan ijtimoiy muhit yotadi.
“Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan ulug‘vor fikrni amalda ko‘rsatadigan hududlardan biri bu — Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani. So‘nggi yillarda tuman hayotida ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlar xalqimiz birligi va irodasining yorqin namunasidir.
Ayniqsa, tadbirkorlik sohasidagi yuksalish tahsinga loyiq. 2022–2024 yillar davomida tumanda 300 dan ortiq yangi tadbirkorlik sub’yektlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, bu orqali minglab ish o‘rinlari yaratilgan.
Ayniqsa, hunarmandchilik, oziq-ovqat sanoati va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. G‘ijduvonliklar qadimdan mehnatkash, halol kasb bilan rizq topadigan xalq sanaladi. Bugungi kunda ularning ana shu qadriyatlari zamonaviy imkoniyatlar bilan uyg‘unlashmoqda.
Masalan, “Har bir mahallaga bir tadbirkor, bir hunarmand ” tashabbusi asosida tumandagi 60 dan ortiq mahallada kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, bundan tashqari kichik sanoat zonalari ham aholi bandligini ta’minlashda xizmat qilmoqda.Tumanda nafaqat tadbirkorlik, hunarmandchilik, xalq farovonligi, balki aholing madaniy hordiq chiqarishi uchun ham ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.