Yozgi oromgohlarga yo‘llanmalarni onlayn tarzda olish imkoni yaratildi
Yozgi ta’til davrida bolalarning vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida my.gov.uz portali orqali sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda ota-onalar uydan chiqmagan holda:
✔️ bola uchun oromgoh va qulay mavsumni tanlashlari,
✔️ onlayn ariza yuborishlari,
✔️ to‘lovni amalga oshirishlari,
✔️ va elektron yo‘llanmani rasmiylashtirishlari mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun:
my.gov.uz portalidan «Bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish uchun ariza berish«ni tanlanadi;
yo‘llanma olmoqchi bo‘lgan farzandingizni belgilanadi;
oromgoh va qulay mavsumni ko‘rsatiladi;
to‘lovni amalga oshirib, elektron yo‘llanma olinadi.
Yo‘llanma, to‘lov to‘liq amalga oshirilganidan so‘ng, avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Shuningdek, yo‘llanma band qilinganidan so‘ng 30 daqiqa ichida to‘lov amalga oshirilmasa, u avtomatik ravishda bekor qilinib, qayta sotuvga chiqariladi.
Yozgi oromgohlarga yo‘llanmalar 7−14 yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan.