Eksportchi tadbirkorlar, fermer xo’jaliklari rahbarlari hamda mahsulot tayyorlovchi brokerlar uchun ochiq muloqot o’tkazilmoqda
Ayni vaqtda poytaxtimizning Bektemir tumani, Mehnatobod ko'chasi, 82-uyda (Food city ulgurji bozori) da O’simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori I.Ergashev boshchiligida barcha eksportchi tadbirkorlar, fermer xo’jaliklari rahbarlari hamda mahsulot tayyorlovchi brokerlar uchun ochiq muloqot o’tkazilmoqda.
Unda eksportchi, yuk tayyorlovchi (brokkerlar) hamda dehqon xo‘jalikalari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlovchilar ishtirokida kooperatsiyalar tashkil etishdagi mavjud imtiyozlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zamonaviy qadoqlarda eksportini amalga oshirish yuzasidan so’z olib borilmoqda.
