Tibbiyotni boshqarish (menejerlik) bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi

Tibbiyotni boshqarish (menejerlik) bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi
Prezident farmoniga ko‘ra, tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limlari va tibbiyot muassasalarida:
▫️rahbarlar uchun tibbiyotni boshqarish (menejerlik) bo‘yicha o‘quv dasturi yo‘lga qo‘yiladi;
▫️o‘quv dasturi yakuni bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lgan rahbarlarga oylik lavozim maoshining 100 foizi, rahbar o‘rinbosariga – 80 foizi hamda bosh hamshiraga – 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi;
▫️rahbar xodimlar uchun faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) belgilanadi hamda oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama joriy etiladi;
▫️1-yil davomida faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarida (KPI) ijobiy (56 foizdan yuqori) natijalarga erishmagan rahbar xodimlar lavozimidan ozod qilinadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-