Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida Kadastr agentligi tomonidan 
O‘RQ-937-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini bajarilishi yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda,  yangi qonunga asosan bugungi kunda jadal olib borilayotgan ishlar haqida to'xtalib o'tildi. Xususan, O‘zboshimcha qurilgan uy-joylarga huquqlarni e’tirof etish ishlari raqamlashtirildi. Ya’ni, xatlov ishlarini olib borish uchun “XATLOV” tizimi, hujjatlarni kelishish uchun “E’TIROF” tizimi ishga tushirildi.
“E’TIROF” tizimi 6 ta davlat tashkilotiga integratsiya qilinib, 22 ta idoraning 4 ming nafar xodimlariga foydalanish imkoni yaratildi.
Qonunga asosan hokimlar bilan birga mahallabay xatlov o‘tkazish rejasi tasdiqlanib, xatlov ishlariga 4,5 mingta kadastr xodimlari jalb qilindi.
Hozirda 1 124 ta mahalla chegaralariga aniqlik kiritildi. 2026 yilda 9 452 ta mahalla chegarasini belgilash to‘liq yakunlangani aytib o‘tildi.
Avvalgi xatlovlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni oldini olish maqsadida, xatlov ishlari 2 bosqichda (dala va kameral ishlar) amalga oshirilayotgani, 
xatlovda hujjatsiz obyektlar bilan birga hujjati bor obyektdagi o‘zgarishlar ham o‘rganilayotgani ta'kidlandi. 
Bugungi kunga qadar 300 737 ta obyekt xatlovdan o‘tkazilib, qonun doirasida o‘rganilishi lozim bo‘lgan 121 416 ta obyektlar vakolatli tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun kiritilgani ma’lum qilindi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-