O'zbekistonda menejerlik sertifikatiga ega maktab direktorlariga har oy qo‘shimcha ustama to‘lanadi
2024-yilning 1-sentabrdan boshlab menejyerlik sertifikatiga ega maktab direktorlariga lavozim maoshining 50 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lish talabi quyidagi ta’lim muassasalari direktori lavozimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
— Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;
— jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari;
— sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari;
— ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;
— alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar.
Ma'lumot uchun joriy yilning 16-yanvaridan boshlab menejerlik kursida ta’lim olish uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlangan. Buning uchun nomzodlar maxsus portal (manager.uzedu.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tib, kurslarda ishtirok etish uchun ariza yuborishi talab etiladi.
Menejerlik kurslari 2024-yil 1-fevraldan boshlanadi.