Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish harakatlari poytaxt tumanlari misolida

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish harakatlari poytaxt tumanlari misolida
2024- yil 30 - dekabr kuni qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qaroriga asosan, dala chetlarida, aholi tomorqalarida, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldida, mahallaning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning yangi tartibi joriy etildi. Unga ko‘ra, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi dala chetidagi bo‘sh turgan yer maydonlarida mevali daraxtlarni ekish va eksport hajmini oshirishni tashkillashtirish bo‘yicha mas’ul etib belgilandi. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil dala chetidagi 30 gektar yer maydonlariga 25 mingdan ortiq mevali daraxtlar ekish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda poytaxtimizning Bektemir, Yangihayot, Mirzo Ulug‘bek, Yashnabod, Sergeli kabi tumanlarida Savdo Yarmarkasi tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 27 ortiq ming tup mevali daraxtlar jamlangan. Shulardan havo haroratini inobatga olgan holda, sovuqqa chidamli bo‘lgan mevali daraxtlarning 4 ming 200 tupi dala chetidagi yer maydonlariga o‘tqazildi. Shuningdek, agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi tashabbusi bilan aholi tomorqalariga, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldiga, mahallaning ichki ko‘chalariga ming tupdan ortiq mevali daraxtlar ekildi.  Asosan, olcha, olxo‘ri, behi, uzum, bodom, chilon jiyda, tut kabi mevali daraxtlar ekish ko‘zda tutilgan bo‘lib, jarayonlar bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda. Xalqimizda ajoyib shunday naql bor. Yaxshidan bog‘, yomondan dog‘ qoladi, albatta, bu say harakatlar natijasida nafaqat ekologik smusaffolikni ta’minlash, qolaversa, kelajak avlodga yaxshi bir bog‘ qoldirish niyati bor.   
Ma’lumot uchun joriy yil ohirigacha poytaxtimizdagi dala chetlari aholi xonadonlari, ko‘p qavatli uylar oldi va mahallaning ichki ko‘chalariga 9 ming tup olcha, 5 ming tup olxo‘ri, 3 mingta behi, mingta bodom, 2 mingta chilon jiyda va 2 ming tup tut mevali daraxtlarini ekish rejalashtirilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-