Prezident qarori amalda

Prezident qarori amalda
2024 yil 30 dekabr kuni qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga asosan, dala chetlarida, aholi tomorqalarida, xonadonlar va ko‘p qavatli uylar oldida, mahallaning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning yangi tartibi joriy etildi. O‘simliklar karantini va himoyasi agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil dala chetidagi 30 gektar yer maydonlarga 25 mingdan ortiq mevali daraxtlar ekishni rejalashtirgan. Asosan, olcha, olxo‘ri, behi, uzum, bodom, chilon jiyda, tut kabi mevali daraxtlar ekish ko‘zda tutilmoqda. Ayni vaqtda poytaxtimizning Sergeli tumanida 70 tup olcha, 20 tup behi va 10 tup tut jami 100 tup mevali daraxtlar ekildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-