Korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari davom etmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish  tadbirlari davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasining Qaror va Prezident Farmonlari hamda yangi qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar asosida Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida korrupsiyaga qarshi  tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dastur o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati tizimida korrupsiyaviy holatlarga qarshi kurashishning umumiy qoidalarini va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchiligiga rioya etilishida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tamoyillar va chora-tadbirlarning majmuini belgilab beradi.Shuningdek, mazkur siyosat tizimdagi rahbar va xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik shunday faoliyatga aralashib qolish bilan bog‘liq xavf-xatarlarni kamaytirishning vazifalarini va usullarini ifodalash maqsadini ko‘zlaydi. Ana shunday holatlarni olish maqsadida Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-