Korrupsiyaga qarshi kurashish– davr talabi

Korrupsiyaga qarshi kurashish– davr talabi
 Ichki ishlar vazirligi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi A.Poʻlatov, Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev tomonidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari rahbariyati, tizim xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda so‘zga chiqqan mas’ullar davlat organlari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, xalqqa halol, vijdonan xizmat qilish eng muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladilar. 
Jumladan, Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev, DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i B.Minasipov ta’magirlik, mansab vakolatini suiste’mol qilish kabi salbiy illatlarning ijtimoiy va huquqiy oqibatlariga to‘xtalib o‘tib, barchani bu illatga qarshi birdam va hamjihat bo‘lib kurashishga chorlashdi.
Yig‘ilish davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan boshqarma hamda tizimdagi xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olish va keltirib chiqarayotgan sabablarni bartaraf etish yuzasidan bajarilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi tahlili hamda uning ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymasligi, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, bundan tashqari Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida ijro intizomiga qat’iy rioya etish kabi muhim masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Darhaqiqat, hamkorlikda tashkil qilinayotgan shu kabi davra suhbatlari xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish, korrupsion holatlarning oldini olish, bu borada zarur chora-tadbirlarni belgilab olishga xizmat qiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-