Korrupsiya – millat va taraqqiyot kushandasi
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biri. Bu illat har qanday davlat va jamiyat rivojiga to‘siq bo‘ladi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘lim-filiallari xodimlari o‘rtasida ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi shunday tadbir Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov boshchiligida Mirzo Ulug‘bek tumanida tashkil etildi.
Unda xodimlarga o‘ziga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashish, murojaatlarni vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ta’magirlik, korrupsiya kabi salbiy holatlarga nisbatan kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.