Kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantiramiz

Kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantiramiz
Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari tomonidan “Kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantiramiz” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi a'zolari E.Xodjakulov, Sh.Karimov, tizim xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Dastlab so‘zga chiqqan boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish muhimligi qayd etilib, ushbu yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, boshqarma bosh yuristkonsulti F.Mahmudov kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati, ayni yo‘nalishda qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot berdi. Tadbir yakunida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan batafsil javob oldilar.
Haqiqatan ham, ijro intizomi, ochiqlik va halollik davlat idoralari faoliyatini baholashda muhim mezonlardan hisoblanadi. Ta’magirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish har bir davlat xizmatchisining jamoa va fuqarolar oldidagi hurmatini oshirishga xizmat qiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-