Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foizdan kredit beriladi

Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foizdan kredit beriladi
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar yillik 14 foizda quyidagilar uchun ajratilishi belgilangan:
— oilaviy tadbirkorlik, daromad topish va faoliyatini kengaytirish uchun aholi va tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
— chorvachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, “dala do‘konlari” qurish va ko‘chma muzlatkichlarni o‘rnatish uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilga;
— bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish uchun, artezian quduqlarini qazish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha;
— oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta’mirlash uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha;
— “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish uchun – 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha;
— charm-attorlik mahsulotlari, charmdan tayyor kiyimlar, oyoq kiyimlari, sport inventarlari, shuningdek furnitura, aksessuarlar va mo‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-