Korrupsiya — halokatga eltuvchi yo'l
Kuni kecha IIV Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari A.Po‘latov, B.Bozorov, Sh.Usmonov, Toshkent shahar IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i A.Hasanov boshchiligida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari rahbariyati, tizim xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Unda IIV mas’ul xodimlari davlat organlari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish eng muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladilar.
Shuningdek, yig‘ilishda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Ochilov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan tizimni “Korrupsiyadan holi soha”ga aylantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham ma’lumot berildi.