Uy qamog‘iga hukm qilinganlarni masofaviy nazorat qilish butun O‘zbekiston bo‘ylab joriy etiladi
Uy qamog‘i ehtiyot chorasi va ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilgan shaxslarni masofaviy nazorat qilish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
-uy qamog‘i ehtiyot chorasi va ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilgan shaxslarni masofaviy nazorat qilish amaliyotini respublikaning barcha hududlarida to‘liq joriy etish;
-jamoat xavfsizligi xizmati xodimlari, tayanch ilmiy tashkilot, uy qamog‘i ehtiyot chorasini yoki ozodlikni cheklash jazosini ijro etish joyi, elektron braslet, yagona elektron monitoring markazi tushunchalarining ta’rifi;
- shaxslarga elektron brasletni taqish tartibi;
- elektron brasletni qo‘llashda ichki ishlar organlari xodimlarining huquqlari va majburiyatlari;
- elektron brasletni qo‘llashda uy qamog‘i va ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilgan shaxslarning huquqlari va majburiyatlari;
- elektron brasletga shikast yetkazilganda yoki yo‘qotilganda moddiy zararni undirish tartibi;
- elektron brasletni qo‘llash xarajatlarini moliyalashtirish tartibi.
Mazkur loyihaning dastlabki tahriri bo‘yicha Oliy sudning takliflari (2024-yil 29-yanvardagi xatida 4 ta taklif bildirilgan), ikkinchi tahriri bo‘yicha Oliy sud (2024-yil 14-fevraldagi xatida 2 ta taklif bildirilgan), Bosh prokuratura (2024-yil 18-fevraldagi xatida 4 ta taklif bildirilgan) va Sog‘liqni saqlash vazirligi (2024-yil 16-martdagi xatida 1 ta taklif bildirilgan) ning takliflari o‘rganilgan hamda ularning barchasi inobatga olinib, loyiha takomillashtirilgan.
Loyihaga ko‘ra, uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslarga nisbatan elektron brasletni qo‘llash (elektron brasletni xarid qilish) xarajatlari hududiy ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan, ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarga nisbatan Probatsiya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.